Ronaldu mojarosi Al-Nasr bosh murabbiyining kelajagini so'roq ostiga qo'ydi

Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat «Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezushning klubdagi kelajagiga ham bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassis bu jamoa bilan shartnoma imzolashga katta darajada yulduzli vatandoshi omili sabab bo'lgani aytilmoqda. Biroq 41 yoshli hujumchi jamoa uchrashuvlarini boykot qilishda davom etmoqda va yozda klubni tark etishi ham ehtimoldan xoli emas. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Jezush Ronaldu masalasi hal bo'lmaguncha «Al-Nasr» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamaslikka qaror qilgan. 71 yoshli murabbiy bilan amaldagi kelishuv mavsum yakunida yakunlanadi.
Jorje Jezush «Al-Nasr»dagi ishini 2025 yil iyulida boshlagan. U bungacha ikki yil davomida «Al-Hilol»ni boshqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!