Keyn va Olise Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Germaniya Bundesligasining 21-turi doirasida «Bavariya» o'z maydonida «Xoffenxaym»ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni birinchi daqiqalardan quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Bavariya»ning boshlang'ich tarkibi: Noyer, Stanisich, Upamekano, Ta, Devis, Kimmix, Pavlovich, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.
Bahs 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Myunxendagi o'yin jarayonini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
Hozirda «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o'rinda kelayotgan Dortmundning «Borussiya»si bir o'yin ko'proq o'tkazgan bo'lsa-da, yetakchidan uch ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing