Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche hujumkor yarimhimoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini rasmiylashtirdi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy manbalarida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangilangan kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Istanbul jamoasi safida 2028 yil yozigacha to‘p surishda davom etadi.
Taliska Turkiya chempionatida 2025 yil yanvaridan beri o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol va 4 assist qayd etdi.
Turkiya Superligasida 20 turdan so‘ng Fenerbahche jadvalda ikkinchi o‘rinda bormoqda va Galatasaraydan 6 ochko ortda qolmoqda. 10 fevral, dushanba kuni Istanbul klubi Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing