To‘yda aytilgan tilak: Ozodbek Nazarbekovning so‘zlari barchani hayratga soldi

1 daqiqa o'qish26.3K
To‘yda aytilgan tilak: Ozodbek Nazarbekovning so‘zlari barchani hayratga soldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 15 may kuni taniqli aktyorlar Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning to'y marosimi bo'lib o'tdi.
  • Tadbirda ishtirok etgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yoshlarni tabriklab, "Mendirman" qo'shig'ini jonli ijro etdi va ta'sirli tilak bildirdi.
  • Juftlik bundan oldin joriy yilning 17 fevral kuni Istanbul shahrida nikohdan o'tgan edi.
  • Ular 2020 yilda birgalikda suratga olingan serialda bosh qahramonlar Jaloliddin va Qutlibeka obrazlarini gavdalantirgan holda tanishgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning 15 may kuni bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan lavhalar keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Tarqalgan foto va videolarda yosh kelin-kuyovning baxtiyor onlar, tantananing ko‘tarinki va fayzli muhitda o‘tgani yaqqol aks etgan. Ayniqsa, ularning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabati va mehr-muhabbati ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

To‘y marosimida ko‘plab taniqli san’atkorlar ishtirok etib, bayramga alohida shukuh bag‘ishladi. Biroq kechaning eng yodda qolarli lahzalaridan biri — Ozodbek Nazarbekovning shaxsan tashrif buyurgani bo‘ldi.

Madaniyat vaziri yoshlarni samimiy tilaklar bilan tabriklab, mehmonlar uchun mashhur “Mendirman” qo‘shig‘ini jonli ijro etdi. Ushbu jarayonda mehmonlar ham qo‘shiqni birgalikda kuylab, bayram yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Qo‘shiq yakunida Nazarbekov yana bir ta’sirli tilak bildirib, yig‘ilganlarga iliq kayfiyat ulashdi. U so‘zida: “Bu kunlarni ancha yillar oldin niyat qilgan edik, shukrki, Alloh nasib qildi. Endi yana bir niyat — Jaloliddin tug'ib beradi xudo xohlasa”, deya ta’kidladi.

Izohlarda foydalanuvchilar bu kabi samimiy va chiroyli tilak aynan Yulduzga juda mos tushganini, bunday niyat eng yaxshi tilaklardan biri ekanini ta’kidlashmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim 2020 yilda birgalikda suratga olingan serial jarayonida tanishgan. Unda Emre bosh qahramon — Jaloliddin obrazini gavdalantirgan bo‘lsa, Yulduz uning sevgilisi Qutlibeka rolini ijro etgan. Serial namoyishidan so‘ng ular o‘rtasidagi iliq munosabatlar haqida shou-biznes olamida turli mish-mishlar tarqala boshlagan edi.

Qayd etish joiz, juftlik joriy yilning 17 fevral kuni Istanbul shahrida nikohdan o‘tgan. Toshkentda o‘tkazilgan tantanali to‘y marosimi esa avvaldan rejalashtirilgani aytilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?