date

Noyer va Bauman Bundesligadagi noyob rekordni takrorladi

Noyer va Bauman Bundesligadagi noyob rekordni takrorladi

Bundesliganing navbatdagi turida taqvim «Bavariya»ni uchinchi o‘rinda borayotgan «Hoffenhaym»ga qarshi to‘qnash keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv ikki darvozabon — Manuel Noyer va Oliver Bauman uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi. Bu ularning Germaniya oliy ligasi doirasida bir-biriga qarshi o‘tkazgan 27-o‘yini bo‘ldi va shu tariqa Bundesligadagi rekord natija takrorlandi. Avval bu ko‘rsatkich Ayke Immel va Uli Shtaynga tegishli edi, endi esa Noyer hamda Bauman ham ushbu ro‘yxatdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinda «Bavariya» raqib tarkibidagi chetlatishdan unumli foydalanib, 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer va Bauman Bundesligadagi noyob rekordni takrorladi