date

Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaganini rasman ma'lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy saytida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi kelishuvga ko'ra, braziliyalik futbolchi Istanbul jamoasi safida 2028 yil yozigacha to'p suradi.

Taliska Turkiya chempionatida 2025 yil yanvaridan buyon o'ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol va 4 assist qayd etdi.

Turkiya Superligasida 20 turdan so'ng Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam Galatasaraydan 6 ochko ortda qolmoqda. Klub 10 fevral, dushanba kuni Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi