Inter ustozi Kivu skudetto poygasini shubha ostiga oldi

Milaning “Inter” jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyada chempionlik poygasi borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kungi uchrashuvda “neradzurrilar” safarda “Sassuolo”ni 5:0 hisobida yirik mag‘lub etdi. Bu natijadan so‘ng “Inter” ikkinchi o‘rindagi “Milan”dan farqni 8 ochkogacha oshirdi, biroq “rossonerilar”ning bitta o‘yini zaxirada qolmoqda.
O‘yin yakunidan keyin jurnalistlar Kivudan chempionlik uchun imkoniyatlar haqida so‘rashdi. Ruminiyalik mutaxassis esa kutilmagan javob qaytardi.
“Hozircha — nol foiz. Oldinda hali juda ko‘p o‘yin bor, ko‘plab ochkolar o‘ynaladi. Katta maqsad qo‘ygan faqat biz emasmiz. Oldinda og‘ir mehnat turibdi”, — dedi Kivu DAZN bilan suhbatda.
“Inter” navbatdagi turda, 14-fevral kuni 25-tur doirasida o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!