date

Noyer va Bauman Bundesligadagi darvozabonlar rekordini yangiladi

Noyer va Bauman Bundesligadagi darvozabonlar rekordini yangiladi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida taqvim Myunxenning «Bavariya» jamoasini turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan «Hoffenhaym»ga qarshi to‘qnash keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu bahs darvozabonlar Manel Noyer va Oliver Bauman uchun Bundesligadagi o‘zaro 27-uchrashuv bo‘ldi. Shu tariqa ular Aykke Immel va Uli Shtayn ilgari qayd etgan rekord natijani takrorlab, Bundesliganing eng ko‘p to‘qnash kelgan posbonlari ro‘yxatiga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinda «Bavariya» raqib tarkibidagi chetlatishdan unumli foydalanib, 5:1 hisobida yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer va Bauman Bundesligadagi darvozabonlar rekordini yangiladi