Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga chiqib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz klubi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni tanishtirdi. U quyuq ranglarda ishlangan bo'lib, ustida oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni o'ynaladi.
Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!