date

Mikel Merino operatsiyadan so'ng qaytish haqida gapirdi

Mikel Merino operatsiyadan so'ng qaytish haqida gapirdi

"Arsenal" yarim himoyachisi Mikel Merino oyog'idan olgan og'ir jarohati ortidan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Futbolchi shifoxona palatasidan surat joylab, muxlislariga holati haqida ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Merinoning yozishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o'tgan va u endi maydonga qaytishga bir qadam yaqinlashgan. Shuningdek, u qo'llab-quvvatlovchi xabarlar va e'tibor uchun barchaga minnatdorlik bildirib, bu unga tiklanish jarayonida yanada ko'proq kuch berayotganini ta'kidladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Merino 33 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Arsenal" hozirda APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda va klub 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempionligini qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mikel Merino operatsiyadan so'ng qaytish haqida gapirdi