Garri Keyn Bavariyaning ikkinchi o'rindan uzog'ini ta'kidladi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn jamoani mavsumning eng mas'uliyatli pallasiga kirib kelayotgani haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar bir vaqtning o'zida uchta turnirda sovrinlar uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Keynning aytishicha, Bundesligada ikkinchi o'rindan sezilarli farq bor, biroq bu ustunlik tezda kamayib ketishi ham mumkin. U o'tgan haftadagi natijalar buni yaqqol ko'rsatganini eslatdi.
Shuningdek, forvard mavsum boshidan beri fevral-mart oylariga kelib tarkibda jiddiy jarohatlar bo'lmasligi va turnir jadvalida yuqori o'rinlarda turish asosiy maqsad bo'lganini qayd etdi. «Bavariya» hozir ham chempionat peshqadami, Germaniya Kubogida kurashni davom ettirmoqda va Chempionlar ligasida chorak finalga chiqqan — Keyn buni ijobiy holat sifatida baholadi.
Futbolchi endi mavsumning hal qiluvchi qismi boshlanayotganini ta'kidlab, jamoa mehnatni kuchaytirishi va raqiblar ularni quvib yetishga qodirmi-yo'qligini maydonda ko'rsatishini aytdi.
Ayni paytda «Bavariya» hisobida 54 ochko bor, Dortmundning «Borussiya»si 48 ochko jamg'argan. Keyn Bundesligada 24 ta gol bilan to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!