Ronaldu Al-Nasr g'alabasiga ikki emoji bilan munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi nufuz jihatidan ikkinchi klub turniri) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisisiz ham ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Natijada “Al-Nasr” guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni ulashdi va unga ikki emoji — olov hamda qarsaklar belgilarini qo'shdi.
40 yoshli Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yil o'rtalarigacha klub futbolchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!