Granyero Arbeloa Realda eng muhim ishni qilganini aytdi

Madridning “Real” klubida to‘p surgan Esteban Granyero Alvaro Arbeloaning “qirollik klubi”dagi bosh murabbiy sifatidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Granyeroning ta’kidlashicha, Arbeloa uzoq muddatli reja muhimligini yaxshi tushunadi va bu rejani sadoqat, mustahkamlik hamda tinimsiz mehnat kabi asosiy tamoyillar bilan qurmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoada ijobiy kayfiyat va kuchli energiya sezilmoqda.
“U hali ko‘p narsani barpo etishi kerak, ammo menimcha, eng muhim ishlarni allaqachon bajarib bo‘ldi”, — deya Granyeroning fikrini DAZN keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yanvar oyida “Real” bosh murabbiyligida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan. 43 yoshli mutaxassis qo‘l ostida madridliklar barcha musobaqalarda 7 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozongan.
Hozirda “Real” La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi “Barselona”dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!