Keyn Bavariyaning ikkinchi orindan uzilishiga urg'u berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn jamoani oldinda kutayotgan mas'uliyatli pallalar haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar mavsumning uchta yo'nalishida biryo'la kurash olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Keyn ta'kidlashicha, jamoa mavsumning hal qiluvchi bosqichiga qadam qo'ymoqda: turnir jadvalida ikkinchi o'rindan sezilarli farq bor, biroq u juda tez qisqarib ketishi ham mumkin.
Angliyalik forvard mavsum boshida asosiy maqsad fevral-mart oylariga kelib tarkibda jarohatlar ko'paymagan holda yuqori o'rinlarda bo'lish bo'lganini aytdi. «Bavariya» hozir ham Bundesliga peshqadami, Germaniya kubogi uchun kurashmoqda va Chempionlar ligasida chorak finalga chiqdi. Keynning so'zlariga ko'ra, endi mavsumning eng qizg'in qismi boshlanadi va jamoa mehnatni yanada kuchaytirib, raqiblar qanchalik yaqinlasha olishini ko'radi.
Hozirda «Bavariya» hisobida 54 ochko bor, Dortmundning «Borussiya»si esa 48 ochko jamg'argan. Keyn Bundesliga to'purarlari poygasida 24 gol bilan yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!