date

Granero Arbeloaning ishini baholadi, u eng muhimini qildi

Granero Arbeloaning ishini baholadi, u eng muhimini qildi

Madridning «Real» klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Esteban Granero Alvaro Arbeloaning «qirollik» jamoasidagi bosh murabbiylik faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Graneroning aytishicha, Arbeloa uzoq muddatli rejaga tayanish zarurligini yaxshi tushunadi, biroq bu rejaning poydevori sadoqat, barqarorlik va tinimsiz mehnatdan iborat. «Men jamoada juda ijobiy energiyani ko‘ryapman. Oldinda hali ko‘p ishlar bor, ammo menimcha, u eng muhim ishlarni allaqachon bajarib bo‘lgan», — deya Graneroning so‘zlarini DAZN keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yanvar oyida «Real» bosh murabbiyligi lavozimida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan. 43 yoshli mutaxassis qo‘l ostida madridliklar barcha musobaqalarda 7 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi.

Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granero Arbeloaning ishini baholadi, u eng muhimini qildi