date

Alberтини Sakki Milanda haqiqiy taktik maniak edi

Alberтини Sakki Milanda haqiqiy taktik maniak edi

Milan safida 1988–2002 yillarda to‘p surgan sobiq yarim himoyachi Demetrio Albertini klub tarixidagi eng mashhur murabbiylar bilan ishlashga ulgurdi. U Arrigo Sakki, Fabio Kapello va Karlo Anchelotti qo‘l ostida ham maydonga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Albertini 1991 yilda "Milan"ni tark etib, Italiya terma jamoasini boshqarishga ketgan Sakki haqida iliq xotiralarini bo‘lishdi.

"Sakki so‘zning yaxshi ma’nosida haqiqiy maniak edi. Ko‘pincha meni chetga olib chiqib gap boshlab yuborardi — va bu suhbatlarning bari taktika, sxemalar hamda harakatlar haqida bo‘lardi. U buni shunchalik jo‘shqin tushuntirar, ko‘rsatib berardiki, undagi o‘yinga bo‘lgan noyob, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan ishtiyoq yaqqol sezilardi", — deya Albertinining so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Ayni paytda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alberтини Sakki Milanda haqiqiy taktik maniak edi