date

Al-Nasr Ronaldu talabini bajarib, mojaro yakuniga yetdi

Al-Nasr Ronaldu talabini bajarib, mojaro yakuniga yetdi

Krishtianu Ronaldu klub bilan kelishmovchilik sabab boshlangan norozilikni yakunlamoqda. Portugaliyalik hujumchi dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati yulduz futbolchi bosimi fonida ikki muhim masalada yon berdi. Birinchidan, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to'liq yopdi.

Ikkinchidan, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limi vakillari — Joze Semedu va Simao Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasida asosiy qarorlar jarayonidan chetlatilgandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu talabini bajarib, mojaro yakuniga yetdi