date

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo‘lni tanladi

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo‘lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo‘yicha yondashuvini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko‘ra, jamoa tavakkali past, ammo qaytimi yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga e’tibor qaratmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bir nechta yosh ijrochilarni safiga qo‘shishni ko‘zlamoqda: ular yo darhol asosiy tarkibda o‘ynashga tayyor bo‘ladi, yo esa kelajakda sotuv orqali foyda keltirishi mumkin.

Umuman olganda, bu mavsum «Bavariya» katta yulduzlar ortidan quvishni rejalashtirmayotganga o‘xshaydi. Bunga zarurat bormi, degan savol ham o‘rtada.

«Bavariya» hozir Bundesligada peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi o‘yinlariga hozirlikni kuchaytiryapti. Raqib esa qish yakunida aniqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo‘lni tanladi