date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichida seshanba kuni “Shanxay Shenhxua” (Xitoy) Yaponiya vakili “Matida Zelviya”ni qabul qildi. Leonid Slutskiy boshqaruvidagi jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda xitoyliklar o‘yin boshida va yakuniy daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi. “Matida Zelviya” safida Yuki Soma 3-daqiqada va 88-daqiqada gol urib, dubl qayd etdi.

Bu natijadan so‘ng “Shanxay Shenhxua” Osiyo Chempionlar ligasining pley-offiga chiqish imkoniyatini butunlay boy berdi. Umumiy bosqichning yetti turida Slutskiy jamoasi atigi 4 ochko to‘plashga ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy “Shanxay Shenhxua”ni 2023 yil oxirida qabul qilib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi