Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha yo'nalishini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, nemis giganti xavfi past, ammo katta foyda keltirish salohiyatiga ega futbolchilarga e'tibor qaratmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Bavariya» bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo'shishni ko'zlamoqda: ular darhol asosiy jamoada o'ynab bera olishi yoki keyinchalik sotuvdan klubga daromad keltirishi kerak.
Shu ma'noda, bu mavsumda «Bavariya» katta yulduzlarni olib kelishga shoshilmayotgani anglashiladi. Bu qaror jamoa natijalarini inobatga olganda o'zini oqlaydimi — javobini vaqt ko'rsatadi.
Hozirda «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi uchrashuvlariga tayyorgarlikni kuchaytirmoqda. Raqib esa qish yakunida aniq bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!