date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasining seshanba kungi uchrashuvida Xitoyning “Shanxay Shenyxua” jamoasi Yaponiyaning “Matida Zelviya” klubini qabul qildi. Leonid Slutskiy shogirdlari 0:2 hisobida maglub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mehmonlar o‘yinning boshidayoq hisobni ochdi, yakunda esa ustunligini mustahkamladi. Har ikki gol muallifi Yuki Soma bo‘lib, u dubl qayd etdi.

Ushbu maglubiyatdan so‘ng “Shanxay Shenyxua” Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichida pley-offga chiqish imkoniyatini rasman boy berdi. Yetti turdan keyin jamoa bor-yo‘g‘i 4 ochko jamg‘argan.

Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy Xitoy klubini 2023 yil oxirida qabul qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi