date

Mikel Arteta Arsen Vengerning izidan boradimi? Rey Parlor bashorati

Mikel Arteta Arsen Vengerning izidan boradimi? Rey Parlor bashorati

"Arsenal"ning afsonaviy futbolchisi Rey Parlor Mikel Artetaning klubdagi kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik murabbiy Arsen Venger kabi uzoq yillar davomida "kanonirlar"ni boshqarish salohiyatiga ega. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirgi kunda "Arsenal" Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Artetaning amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U 2019-yil dekabridan buyon jamoani boshqarib, 350 ta o‘yinda 211 ta g‘alabaga erishdi va 60 foizlik natija qayd etdi.

Arsen Venger 22 yil davomida 1235 ta o‘yinda jamoani boshqargan bo‘lsa-da, Artetaning g‘alaba foizi hozircha yuqoriroq. Agar "Arsenal" joriy mavsumda PSJ ustidan g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritsa, bu Artetaning klubdagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Rey Parlorning ta’kidlashicha, jamoa tarkibi yosh va iqtidorli futbolchilardan iborat. Uning fikricha, yirik sovrinlarni yutish futbolchilarga o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni qaytaradi va Artetaning "Emireyts" stadionidagi faoliyatini uzoq yillarga cho‘zishiga zamin yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta Arsen Vengerning izidan boradimi? Rey Parlor bashorati