Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor strategiyani tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubida yozgi transferlar bo‘yicha yo‘nalish aniq: jamoa past xavfli va yuqori qaytim berishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, nemis giganti bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo‘shishni ko‘zlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rejaga binoan, bu futbolchilar ikki toifaga kiradi: yo darhol asosiy jamoada o‘ynab bera oladiganlar, yo esa kelajakda o‘sib, keyinchalik sotuvdan klubga daromad keltiradiganlar.
Shu sabab, «Bavariya» bu yil katta yulduzlarni olib kelishni rejalashtirmasligi mumkin. Bunday yondashuv jamoaga qanchalik to‘g‘ri kelishi esa mavsum davomida ko‘rinadi.
Hozircha «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi mart oyidagi o‘yinlarga tayyorgarlikni kuchaytirmoqda. Raqib nomi qish oxirida ma’lum bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!