date

Riberi advokati unga qo'yilgan ayblovlarni rad etdi

Riberi advokati unga qo'yilgan ayblovlarni rad etdi

So'nggi kunlarda oshkor qilingan «Epshteyn fayllari» dunyo bo'ylab katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Bu materiallar futbol olamiga ham ta'sir qildi: hujjatlarda Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va «Bavariya»ning eks-yulduzi Frank Riberining ismi tilga olingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatdan so'ng Riberining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalayotgan ma'lumotlarni asossiz va yolg'on deb atadi.

«Bu feyk! Ertaga janob Riberining advokati sifatida chiqaman va mijozim hamda uning oilasi sha'niga putur yetkazayotgan yolg'on xabarlarni tarqatayotganlarni jazolash uchun barcha zarur yuridik choralarni ko'raman», — deb yozdi Bruza.

Qayd etilishicha, Riberining nomi e'lon qilingan fayllarning uch betida uchragan. Da'vo qilinayotgan tomon uni noqonuniy fohishabozlik bilan bog'liq aloqalarda ayblagan, shuningdek, go'yoki Riberining iltimosi bilan uchinchi shaxs tomonidan bir kishiga hujum uyushtirilgani haqida ham gapirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riberi advokati unga qo'yilgan ayblovlarni rad etdi