Panenka panenka uslubidagi penalti hurmatsizlik emasligini aytdi

Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka “panenka” uslubida tepish raqibni mensimaslik, degan fikrga qo'shilmasligini bildirdi. U bu usulni 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida qo'llab, tarixda qolgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenkaning ta'kidlashicha, u o'sha vaziyatda hech kim ustidan kulishni emas, gol urish ehtimoli eng yuqori bo'lgan yo'lni tanlagan. “Bunday zarba hurmatsizlikmi? Men bunga qo'shilmayman. Finalda sen raqibni masxara qilish haqida o'ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko'raman va hech kim ustidan kulishni xohlamaganman. Men uchun bu gol urishning eng yaxshi yo'li edi”, — dedi u Cadena SER radiosidagi El Larguero dasturida.
Shuningdek, Panenka avvalroq nega uningcha Brahim Dias Afrika kubogi finalida “panenka” uslubida gol ura olmagani haqida ham izoh bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!