date

Panenka mashhur penaltisi hurmatsizlik emasligini aytdi

Panenka mashhur penaltisi hurmatsizlik emasligini aytdi

Chexiya futboli afsonasi Antonin Panenka “panenka” uslubidagi penalti zarbasi raqibni kamsitish degan fikrga qo‘shilmasligini bildirdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida amalga oshirgani bilan futbol tarixida qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida o‘sha vaziyatda raqib ustidan kulish haqida o‘ylamagani, aksincha gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan yechimni tanlaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, final kabi o‘yinlarda maqsad – faqat natija, shuning uchun u futbolni yaxshi ko‘rgani va hech kimni masxara qilish niyatida bo‘lmagan.

Shuningdek, avvalroq Panenka Afrika kubogi finalida Braim Dias nega “panenka” uslubida gol ura olmagani borasida ham o‘z qarashlarini tushuntirib bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka mashhur penaltisi hurmatsizlik emasligini aytdi