Bavariya yozgi transfer siyosatida yangi yo'l tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha asosiy yo'nalishni belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, jamoa bu safar xavfi past, ammo foyda keltirish salohiyati yuqori futbolchilarga tayanmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rejaga asosan, «Bavariya» bir nechta yosh iqtidorlarni tarkibga qo'shishni ko'zlamoqda: ular yaqin orada asosiy jamoada o'ynay olishi yoki kelajakda sotuv orqali klubga daromad keltirishi kerak.
Shu ma'noda, bu yil klub katta yulduzlarni olib kelishni asosiy maqsad qilmayotgandek ko'rinadi. Bunday yondashuv «Bavariya»ga qay darajada mos — bu esa alohida savol.
Hozircha myunxenliklar Bundesliga peshqadami bo'lib turibdi va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi bahslariga tayyorgarlikni kuchaytirmoqda. Raqib esa qish oxirida aniq bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!