date

Buffon Pio Espositoni Italiya futbolining asosiy umidi deb atadi

Buffon Pio Espositoni Italiya futbolining asosiy umidi deb atadi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” tarkibida to‘p surayotgan Pio Esposito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffon Espositoning yaqin kelajakda katta sahnada, jumladan jahon chempionatida ham o‘zini yorqin ko‘rsatishiga umid qilayotganini ta’kidladi.

“Men Espositoni shaxsan kuzatganman va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar, professionalligi yuqori, motivatsiyaga to‘la va ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Hech ikkilanmay uni jahon chempionatiga Italiya terma jamoasi tarkibiga olgan bo‘lardim”, — deb Buffonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Milanning “Inter” jamoasi Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Pio Espositoni Italiya futbolining asosiy umidi deb atadi