date

Yevropaning top-5 ligasida faqat ikki klub 30+ futbolchisiz o‘ynamoqda

Yevropaning top-5 ligasida faqat ikki klub 30+ futbolchisiz o‘ynamoqda

Yevropaning besh kuchli chempionati orasida hozircha atigi ikki klub mavsum davomida 30 yoshdan katta futbolchini maydonga tushirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, bu APLdagi Londonning “Chelsi”si hamda Bundesligadagi “Shtutgart”. Qolgan jamoalar esa o‘z chempionat o‘yinlarida hech bo‘lmaganda bir marta 30 yoshdan oshgan futbolchini maydonga tushirishga ulgurgan.

Yangi bosh murabbiy Liam Rozenor qo‘l ostidagi “Chelsi” APLda 44 ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda. “Shtutgart” ham Bundesligada 39 ochko bilan 5-o‘rinda: 4-o‘rindagi jamoadan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda, 3-o‘rindan esa uch ochko uzoqlikda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropaning top-5 ligasida faqat ikki klub 30+ futbolchisiz o‘ynamoqda