Marsel yangi bosh murabbiy nomzodini topdi

Roberto de Dzerbi iste’foga chiqarilgach, «Marsel» bosh murabbiylik uchun yangi variantlarni faol ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Sebastyen Denining xabar berishicha, fransuz klubi ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri — «Al-Ittihod» bosh murabbiyi Serjiu Konseysau. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hali rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Shunga qaramay, «Marsel» rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni uzoq vaqtdan beri kuzatib keladi va uni 2024 yilda ham jamoaga olib kelishni istagan.
Qayd etilishicha, Konseysau «Al-Ittihod» bilan tuzgan shartnomasida 4,5 mln yevro miqdorida tovon puli bandi mavjud.
Liga 1ning 21-turidan so‘ng «Marsel» 39 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing