Xiaomi HyperOS 3.1 yangilanishi 85 foiz qurilmaga yetib bordi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi HyperOS 3.1 operatsion tizimini global miqyosda tarqatish jarayonini deyarli yakunladi. Android 16 bazasiga asoslangan ushbu yangilanish allaqachon Xiaomi, Redmi va Poco brendlariga tegishli mos keluvchi qurilmalarning 85 foizidan ortig‘iga yetib bordi. Bu kompaniya tarixidagi eng tezkor dasturiy ta’minot yangilanishlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirgi kunda Xiaomi ekotizimidagi Android 16 bilan ishlaydigan barcha qurilmalar yangilangan. Yangilanishni hali qabul qilmagan qolgan 17 ta model asosan byudjet va o‘rta segmentga mansub smartfonlardir. Ularni yangilash jarayoni optimallashtirish va mintaqaviy sozlashlardan so‘ng yakuniy bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
HyperOS 3.1 interfeys va asosiy funksiyalar bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlarga ega. Xususan, Xiaomi kompaniyasi HyperIsland dinamik bildirishnomalar tizimini qayta ishlab chiqdi, ko‘p vazifalilik imkoniyatlarini kengaytirdi hamda HyperConnect platformasini takomillashtirdi. Ushbu platforma smartfonlar, planshetlar va taqiladigan qurilmalar o‘rtasidagi sinxronizatsiya hamda fayl almashinuvini yanada tezlashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!