date

Ziyoda sahnada Ozoda hitini kuylab, muxlislarni hayratga soldi

Ziyoda sahnada Ozoda hitini kuylab, muxlislarni hayratga soldi

Mashhur xonanda Ziyoda Ozoda Nursaidovaning konsert dasturiga tashrif buyurib, kechaga yanada o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Konsert davomida boshlovchi Ziyodani sahnaga taklif qilib, unga: “Ozoda Nursaidovaning qaysi qo‘shig‘i sizga yoqadi?” degan savolni berdi. Xonanda esa samimiy fikrlarini bildirib, Ozodaga bo‘lgan hurmatini yashirmadi:

“Men Ozoda Nursaidovani juda hurmat qilaman. Har yili konsert dasturlariga kelaman, doim juda chiroyli va yuqori saviyada o‘tadi. Bu yilgi konsert ham o‘zgacha ruhda, juda zo‘r tashkil etilgan. Ularning ko‘plab qo‘shiqlarini yaxshi ko‘raman. Shulardan biri — ‘Go‘zal kechalarda’ qo‘shig‘i”, — dedi u.

Shundan so‘ng Ziyoda ushbu mashhur taronani o‘ziga xos talqinda jonli ijro etib berdi. Uning samimiy va hissiyotlarga boy chiqishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Ijro yakunida xonanda “Go‘zal kechalarda” uning eng sevimli qo‘shiqlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Ushbu chiqish esa konsertning eng esda qolarli lahzalaridan biriga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ziyoda sahnada Ozoda hitini kuylab, muxlislarni hayratga soldi