Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining umidi deb atadi

Italiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Afsonaviy posbonning fikricha, bu — Milan “Inter”i safida top surayotgan Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffon yosh hujumchini shaxsan kuzatganini ta’kidlab, uning o‘yini katta taassurot qoldirganini aytdi. “Espozito kamtar va professional, juda motivatsiyali hamda ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Men uni Jahon chempionati uchun Italiya terma jamoasiga hech ikkilanmay qo‘shgan bo‘lardim”, — deya Buffon so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Milan “Inter”i Italiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing