date

Yuventus hali sotib olmagan hujumchisini sotmoqchi

Yuventus hali sotib olmagan hujumchisini sotmoqchi

Turinlik "Yuventus" 25 yoshli belgiyalik hujumchi Lui Opendani mavsum yakunida majburiy tarzda to‘liq transfer qilishi mumkin. Shartnomaga ko‘ra, jamoa chempionatni kamida 10-o‘rinda tugatsa, futbolchini "RB Leyptsig"dan sotib olishi shart bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ayni paytda "Yuventus" turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda va keskin pasayib ketishi ehtimoli katta emas. Demak, klub Openda uchun 40,6 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Calciomercato xabariga ko‘ra, murabbiy Spalletti hujumchining o‘yinidan uncha mamnun emas: Openda barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda atigi 2 ta gol urgan. Shu sabab "Yuventus" yozgi transfer oynasida futbolchi bo‘yicha yechim izlab, uni jamoada ushlab qolmaslikka harakat qilishi mumkin.

Openda avvalroq "Lans", "Vitess" va "Bryugge" klublarida to‘p surgan. Belgiya terma jamoasi safida esa 27 o‘yin o‘tkazib, 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hali sotib olmagan hujumchisini sotmoqchi