date

Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining yangi umidi deb bildi

Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining yangi umidi deb bildi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buффon hozirgi paytda mamlakatdagi eng istiqbolli futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu nom milanlik “Inter” hujumchisi Pio Espozitoga loyiq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buффon yosh forvardni shaxsan kuzatganini va u kuchli taassurot qoldirganini ta’kidladi. “U kamtar va professional, motivatsiyaga to‘la, maydonda esa entuziazm taratadi. Men uni jahon chempionatiga Italiya terma jamoasi tarkibiga hech ikkilanmay olgan bo‘lardim”, — deya Buффonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining yangi umidi deb bildi