Real himoyachisi Raul Asensio betob bo'lib qoldi

Madridning «Real» klubi himoyachisi Raul Asensio payshanba kungi jamoa mashg'ulotida qatnashmadi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rasmiy ma'lumotiga ko'ra, futbolchi grippga o'xshash alomatlar sababli mashg'ulotni o'tkazib yuborgan.
«Real» hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa jamoasi yetakchi «Barselona»dan bir ochko ortda.
14 fevral, shanba kuni «Real» La Ligada uyda «Real Sosedad»ni qabul qiladi. «Santyago Bernabeu»dagi uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing