Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua OCHLdan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenhxua” (Xitoy) safarda “Matida Zelviya” (Yaponiya)ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Leonid Slutskiy jamoasi uchrashuvning boshida ham, yakunida ham gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar safida Yuki Soma dubl qayd etib, 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa yakuniy natijani o‘rnatdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Shanxay Shenhxua” Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Umumiy bosqichning yetti turida Slutskiy jamoasi atigi 4 ochko jamg‘ardi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiy xitoyliklar jamoasini 2023 yil oxirida qabul qilib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing