date

Bavariya Laymerning maoshini oshirish talabiga duch keldi

Bavariya Laymerning maoshini oshirish talabiga duch keldi

“Bavariya” Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo'yicha hozircha kelishuvga erisha olmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, biroq Myunxen klubi uni avvalroq yangilab qo'yishni istaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laymer tomoni bonuslar bilan birga yiliga 15 million yevro maosh so'ramoqda. Klub esa bundan pastroq taklif bermoqda. Hozirda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8–9 million yevroni tashkil etadi.

Laymer esa Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi roli va maqomiga tayangan holda maoshi oshirilishini o'ziga munosib deb hisoblayapti. 2023 yildan beri “Bavariya” safida to'p surayotgan yarim himoyachi so'nggi paytlarda o'ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Laymerning maoshini oshirish talabiga duch keldi