date

Aldo Serena Milanni Skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi

Aldo Serena Milanni Skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi

“Inter”ning sobiq to‘purari Aldo Serena bu mavsumdagi azaliy raqib “Milan”ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa hozircha 5 ochko yo‘qotgan bo‘lsa-da, Skudetto uchun kurashni so‘nggi turga qadar davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena “Milan”ning imkoniyatlarini “Inter”ning Chempionlar ligasidagi o‘yinlari bilan ham izohladi: Yevropa maydonidagi uchrashuvlar katta kuch va energiya talab qiladi. U hatto chempionlik poygasida “Milan”ni favorit sifatida ko‘rayotganini ham ta’kidladi, deya xabar beradi pianetamilan.it.

Mart oyi boshida “Milan” va “Inter” o‘zaro derbida maydonga tushadi. Uchrashuv 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milanni Skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi