date

"Yuventus" Bernardu Silva uchun rasmiy taklif tayyorladi

"Yuventus" Bernardu Silva uchun rasmiy taklif tayyorladi

Turinning "Yuventus" klubi "Man Siti" yarim himoyachisi Bernardo Silva uchun rasmiy taklif yuborishga hozirlik ko'rmoqda. Portugaliyalik yulduz joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. "Byankonerilar" futbolchi uchun kurashda asosiy raqobatchisi "Barselona"ni ortda qoldirish maqsadida tezkor harakat qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" Silvani o'zining asosiy maqsadi sifatida belgilab olgan. Futbolchining o'zi hozircha transfer mish-mishlaridan masofani saqlamoqda. U "Man Siti" bilan mavsum yakunida yangi sovrunlarni qo'lga kiritishga e'tibor qaratgan bo'lsa-da, Turinga ko'chib o'tishga qarshi emasligini bildirgan.


"Yuventus" rahbariyati 31 yoshli futbolchini jamoa o'yinini shakllantirishda muhim bo'g'in deb hisoblamoqda. Biroq turinliklar bu poygada yolg'iz emas. "Barselona" uzoq vaqtdan beri Silvaga qiziqish bildirib kelmoqda. Shuningdek, "Benfika" va "Galatasaroy" kabi klublar ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Transfer jarayonida mashhur agent Xorxe Mendes muhim rol o'ynamoqda. "Yuventus" rahbariyati Mendes bilan doimiy aloqada bo'lib, kelishuvning moliyaviy jihatlarini muhokama qilmoqda. Silva "Man Siti" safida 2017 yildan buyon to'p surib, jami 19 ta sovrunni qo'lga kiritgan va klub afsonasiga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" Bernardu Silva uchun rasmiy taklif tayyorladi