Enso Fernandes «Siti» radarida, lekin asosiy maqsad emas...

"Manchester Siti" klubi "Chelsi" yarimhimoyachisi Entso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Argentinalik futbolchi Rodri uchun munosib o‘rinbosar sifatida kuzatilayotgan bo‘lsa-da, u hozircha "shaharliklar"ning asosiy transfer maqsadi emas. Gvardiola jamoasi ayni damda "Nottingem Forest" a’zosi Elliot Andersonni birinchi raqamli nomzod sifatida hisoblamoqda. Fernandesning "Chelsi" bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomasi ushbu transferni amalga oshirishda asosiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
"Chelsi" yarimhimoyachisi Enso Fernandes kelasi mavsumdan boshlab "Manchester Siti" safida toʻp surishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda nufuzli The Athletic nashri maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, “shaharliklar” argentinalik xavbekning atrofidagi holatni diqqat bilan kuzatmoqda va uni ehtimoliy transfer variantlaridan biri sifatida koʻrib chiqmoqda. Biroq shunisi aniqki, Fernandes hozircha klubning asosiy transfer maqsadi emas.
Gvardiola jamoasi yozgi transfer oynasida "Nottinghem Forest" yarimhimoyachisi Elliot Andersonni birinchi raqamli nomzod sifatida koʻrmoqda. Shu bilan birga, klub Rodri uchun uzoq muddatli oʻrinbosar topish maqsadida bir nechta variantni, jumladan Entsoni ham tahlil qilmoqda.
Eslatib oʻtish joiz, Fernandesning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yoziga qadar tuzilgan boʻlib, klub uni osonlik bilan qoʻyib yubormaydi.
Joriy mavsumda argentinalik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 48 ta oʻyinda ishtirok etib, 12 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. Bu uning nafaqat oʻyin qurishda, balki hujumda ham muhim figura ekanini koʻrsatadi.
Hozircha bu transfer faqat ehtimol darajasida. Ammo bir narsa aniq — “Manchester Siti” kelajak uchun markazni mustahkamlash ustida jiddiy ish olib bormoqda.






























Izohlar 0
…