Al-Hilal Benzema uchun Nunesni ligada ro'yxatdan chiqardi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi u klub safiga ko'chib kelgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritish uchun Nunesni ichki musobaqa qaydnomasidan chiqarib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun berilgan ro'yxatda saqlanib qoldi.
Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etiladi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, 2022 yil Qatar mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing