"Spotify" san'atkorlarni sun'iy intellektdan himoya qilish uchun maxsus nishon joriy qildi

Spotify san'atkorlarni sun'iy intellektdan himoya qilish maqsadida yangi "Verefiied by Spotify" belgisi joriy etdi. Ushbu belgi san'atkorlarning haqiqiy inson ijodini sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan treklaridan ajratishga yordam beradi. San'atkorlar ushbu belgini olish uchun o'z faoliyatlarini isbotlashlari kerak, masalan, konsertlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatlari haqida ma'lumot berishlari zarur. Spotify, asosan, sun'iy intellekt yordamida yaratilgan profillarga bu belgini bermaydi.
Spotify striming xizmati tinglovchilarga haqiqiy inson ijodini sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan treklardan ajratishga yordam beruvchi keng ko'lamli tasdiqlash dasturini ishga tushirmoqda. San'atkorlar sahifalarida yashil galochkali "Verified by Spotify" belgisi paydo bo'ladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bu yangilik sun'iy intellekt yordamida yaratilgan musiqalar sonining keskin o'sishiga javob bo'ldi. Raqobatchi Deezer xizmati ma'lumotlariga ko'ra, kunlik yuklanadigan treklarning 44 foizi neyrotarmoqlar tomonidan yaratilmoqda.
Tasdiqlash belgisini olish uchun san'atkor real hayotdagi faoliyatini isbotlashi kerak. Bunga konsert turlari, mahsulotlar savdosi va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik haqidagi ma'lumotlar kiradi.
Spotify asosan sun'iy intellekt yordamida yaratilgan profillarga bu belgini bermaydi.
Dastlabki bosqichda eng mashhur san'atkorlarning 99 foizi ushbu belgiga ega bo'ladi. Ularning aksariyati mustaqil ijodkorlardir.
Shuningdek, Spotify musiqachilarga o'z nomiga biriktirilgan relizlarni oldindan moderatsiya qilish imkonini beruvchi "Artist Profile Protection" funksiyasini sinovdan o'tkazmoqda.































Izohlar 0
…