Saa Sanchoni "Manchester Yunayted" tarixidagi eng omadsiz xarid deb atadi

Sobiq hujumchi Lui Saa Jeydon Sanchoni "Manchester Yunayted" tarixidagi eng omadsiz transfer deb atadi. Uning fikricha, 73 million funt sterling evaziga xarid qilingan futbolchining o'zini ko'rsata olmagani hamon sirligicha qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Sancho 2021-yilda "Borussiya Dortmund" klubidan katta umidlar bilan sotib olingan edi. Angliyalik vinger Germaniyada Yevropaning eng yaxshi hujumkor futbolchilaridan biriga aylangan bo'lsa-da, Premyer-ligada bu darajani takrorlay olmadi.

U "Manchester Yunayted" safida 83 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 12 ta gol urdi. Sobiq murabbiy Erik ten Xag bilan ochiq ziddiyatga borganidan so'ng, u "Borussiya Dortmund", "Chelsi" va "Aston Villa" kabi jamoalarga ijaraga berildi.
Lui Saa Sanchoning o'z iqtidorini to'liq yo'qotayotganini ta'kidladi. Sobiq futbolchi uning "Old Trafford"da muvaffaqiyat qozonishini xohlaganini, ammo hozirgi holat achinarli ekanini aytib o'tdi.
Hozirda 26 yoshli vinger "Aston Villa" safida ijarada o'ynamoqda va barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda bitta gol urdi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi va klub uni erkin agent sifatida qo'yib yuborishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!