"Red OS M" tizimli MIG A65 smartfoni chakana savdoga chiqdi

Mobile Inform Group kompaniyasi "Red OS M" operatsion tizimida ishlaydigan MIG A65 smartfonining chakana savdosi boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ilgari faqat korporativ mijozlar uchun mo'ljallangan ushbu qurilma endilikda yirik marketpleyslar va chakana savdo tarmoqlarida ommaga taqdim etilmoqda.
MIG A65 murakkab sharoitlarda ishlashga moslashtirilgan himoyalangan smartfon hisoblanadi. U suv va changdan himoyalangan bo'lib, 1,5 metr balandlikdan tushishga bardosh beradi hamda -20 dan +60 darajagacha bo'lgan haroratda ishlay oladi.
Qurilma 6,56 dyuymli HD ekran, 48 megapikselli asosiy va 32 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Smartfon MediaTek Helio G99 protsessori, 8 GB tezkor va 256 GB gacha ichki xotira hamda 5800 mA/soat sig'imli akkumulyatorga ega.
"Red OS M" tizimi Google xizmatlarisiz ishlaydi va ilovalar RuStore onlayn do'koni orqali o'rnatiladi. Shuningdek, smartfonda tezkor kirish uchun ikkita dasturlashtiriladigan tugma mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!