date

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni xohlamoqda

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni xohlamoqda

«Bavariya» Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo'yicha hali bir to'xtamga kelgani yo'q. Avstriyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, Myunxen klubi esa uni uzoqroq muddatga jamoada olib qolish niyatida, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laymerning vakillari bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so'ramoqda. Klub tomoni esa buningdan pastroq raqamni taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8–9 mln yevroni tashkil etadi.

Laymer Vensan Kompani qo'l ostidagi jamoada o'z o'rni va rolini inobatga olib, maosh oshirilishini to'liq oqlangan talab deb bilmoqda. 2023 yildan beri «Bavariya» safida to'p surayotgan yarim himoyachi keyinchalik o'ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonda ko'rinish bera boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni xohlamoqda