date

Aldo Serena Milan Skudetto uchun oxirigacha kurashadi deydi

Aldo Serena Milan Skudetto uchun oxirigacha kurashadi deydi

Italiyaning “Inter” klubida to‘p surgan sobiq hujumchi Aldo Serena joriy mavsumda “Inter”ning asosiy raqibi bo‘lib turgan “Milan” imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa hozircha raqibidan 5 ochko ko‘proq yo‘qotgan bo‘lsa-da, chempionlik poygasida so‘nggi turgacha taslim bo‘lmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena “Milan”ning imkoniyatini nafaqat saqlanib qolayotgan barqaror o‘yin bilan, balki “Inter”ni kutayotgan yuklama bilan ham izohladi. Unga ko‘ra, “Inter” uchun Chempionlar ligasidagi o‘yinlar katta kuch va energiya talab qiladi, bu esa A Seriya jadvalidagi kurashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sobiq futbolchi hatto “Milan”ni chempionlik poygasida favorit sifatida ham ko‘rayotganini aytdi.

Qayd etilishicha, mart oyining boshida “Milan” va “Inter” o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi. Derbi 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milan Skudetto uchun oxirigacha kurashadi deydi