date

Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatida uzoqroq qolishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, mavsum yakunida “Milan” rahbariyati futbolchiga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Hozirgi kelishuv 2026 yil yoziga qadar amal qiladi va yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.

Qayd etilishicha, Modrichning o'zi ham jamoada o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni hali qabul qilmagan.

Modrich bu mavsum A Seriyada 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Milan” safida 2025 yil yozidan beri to'p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin