Ilya Abaev Safonov Yevropada eng yaxshisi bo'lishi mumkin deb hisoblaydi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Ilya Abaev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning Yevropadagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Abaevga ko'ra, Safonovning Yevropada o'ynagan rossiyalik darvozabonlar orasida eng yaxshisi bo'lishi uchun vaqt va barqarorlik kerak. U bir necha mavsum «PSJ» safida o'zini ko'rsatib bera olsa, shundan keyingina uni «eng yaxshisi» deb atash mumkinligini ta'kidladi.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli golkiper to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi va shu o'yinlarda uchta gol o'tkazib yubordi.
Safonov 2024 yilda Parij grandiga qo'shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing