Upamekano Bavariya bilan shartnomasini uzaytirganini aytdi

Dayo Upamekanoning kelajagi borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘yildi: “Bavariya” himoyachi bilan yangi shartnoma tuzilganini rasman e’lon qildi. 27 yoshli futbolchi hujjatlarga imzo chekkanidan so‘ng klub saytiga fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Bavariya”da qolayotganimdan juda xursandman va bu jamoa safida o‘ynashni davom ettiraman. Tarkibimiz kuchli, murabbiyimiz ham a’lo — birgalikda oldimizga katta maqsadlar qo‘yyapmiz. Hayotda hammasini mentalitet hal qiladi: har bir mashg‘ulotda jamoadoshlarim uchun borimni beraman, har uchrashuvda darvozani daxlsiz saqlashni xohlayman va “Bavariya” bilan imkon qadar ko‘proq sovrin yutishni maqsad qilganman”, — dedi Upamekano.
Endilikda Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Shanba kuni “Bavariya” safarda “Verder”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!